UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir órinbosari BSK rahbarlari bilan uchrashdi

Vazirlik huzurida tashkil etilgan Kompetensiyani rivojlantirish institutida kóp kvartirali uylarga xizmat kórsatuvchi boshqaruv organlari rahbarlarini malakasini oshirish maqsadida amaliy-nazariy bilimlarni ózida jamlagan kurs ochilgan. Bugungi kunga qadar mazkur òquv kursida 100 nafardan ortiq boshqaruv organi rahbari óz bilim va kónikmalarini oshirishga muvaffaq bóldi.

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri órinbosari Ozoda Jórayeva bugun ko'plab hududlardan kelib, o'z malakasini oshirayotgan BSK rahbarlari bilan uchrashdi. 

Unda sohadagi islohotlar, yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, tizimni takomillashtirish yòlida amalga oshirilayotgan ishlar bóyicha ma’lumot berildi. 

Shuningdek, boshqaruv organlari faoliyatida uchrayotgan muammolar bóyicha ularning murojaatlari tinglanib, takliflari kórib chiqildi. 

Ta’kidlanganidek, samarali faoliyat,  eng avvalo mehnat va xalq muammolari bilan ishlashda kórinadi. 

Kótarinki kayfiyat va samimiy muloqot ruhida ótgan uchrashuv boshqaruv organlari rahbarlari uchun  foydali bóldi. Ózaro hamkorlikda kelgusi rejalar muhokama qilindi.