Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva aynan aholi murojaatlariga asosan muammoli hisoblangan koʻp qavatili uylar holatini oʻrganmoqda
Poytaxtimizning Yunusobod tumani 2-dahasidagi oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Xususan, Yunusobod tumani 2-daha “Husniobod” mahallasi 37-son koʻp kvartirali uyning issiqlik bilan bogʻliq muammosi oʻrganildi. Aholi bilan suhbatlashib, ularning sohaga doir muammolari qabul qilindi. Shuningdek, koʻp kvartirali uydagi issiqlik muammosini bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrish, aholi muammosiga tezkor yechim topish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
-Aholiga eng birinchi navbatda issiqlik kerak. Bugun sohada olib borilayotgan qator ishlar tufayli eng muammoli hududlarimizda ijobiy oʻzgarish aks etayotgani quvonarli. Yurtboshimiz tashabbusi bilan koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismlarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari aholimizning muammosini oldini olishga xizmat qilmoqda. Lekin bu sohadagi masalalar butunlay yoʻq boʻldi, degani emas. Biz xalqimizning ogʻirini yengil qilishda qattiq mehnat qilishimiz kerak, - dedi Ozoda Joʻrayeva.