UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir òrinbosari Ozoda Jòrayeva poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanida faoliyat yurituvchi “Sifat kommunal” BSK tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi

Vazir òrinbosari Ozoda Jòrayeva poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanida faoliyat yurituvchi “Sifat kommunal” BSK tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. 

Xususan, kompaniyaning hujjatlar bilan ishlash tizimi, sohani raqamashtirish borasida qilinayotgan ishlar, qóshimcha servis xizmatlar va tadbirkorlik faoliyati, aholi murojaatlarini qabul qiluvchi 24/7 ish rejimidagi dispetcherlik xizmati kòzdan kechirildi. 

Shuningdek, vazir órinbosari atrofni kózdan kechirib, obodonlashtirish va kókalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. 

- Òzi istiqomat qiladigan hududni ozoda saqash bizning millatimizga xos qadriyat. Biz aholi orasida ana shu odatlarni tarğib qilish maqsadida namuna vazifasini bajarishimiz kerak. Toki toza, chiroyli maskanlarda mulkdorlarimiz óz hayotidan mamnun bólib yashasin,- dedi Ozoda Jórayeva.

Vazir órinbosari boshqaruv tashkiloti vakillariga ish sifatini yanada oshirish bóyicha zarur vazifalarni belgilab berdi.