UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari Toshkent viloyatida qurilish obyektlari loyihasi bilan tanishdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi  vaziri  oʻrinbosari Davronjon Adilov poytaxt viloyatida boʻlib, “Orom” dam olish maskanining qurilish loyihasini koʻzda kechirdi.  Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari Sh.Mahmudov, Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi J.Anvarov, Oqqoʻrgʻon tumani hokimi T.Bobolov  hamda boshqa masʼullar ishtirokidagi oʻrganish ishlari davomida  “2024-2025-yillarda Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanini ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora- tadbirlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ijrosiga oid vazifalarga eʼtibor qaratildi. Maʼlum boʻlishicha,  tumanning “Birlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Orom” dam olish maskanini barpo etish reja qilingan.  

Muhokamalar davomida asosiy maqsad  xalqimiz uchun munosib  sharoit yaratish ekanligi alohida taʼkidlandi. Loyihaga koʻra dam olish maskanida asosan yashillikka katta eʼtibor qaratiladi. Sport maydonchalari,  ochiq favvoralar,  yozgi choʻmilish havzasi, kanal,  qayiqlar, atrofda esa servis va  xizmat koʻrsatish obyektlari tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratadi.  Shuningdek, turli xil attraksionlar, bolalar shaharchalari, tarixiy obyektlarning mini maketlari, piyodalar yoʻlaklarini tashkil qilish ham maqsad qilingan.   

Muhokamalarda mazkur loyihani sifatli qilib amalga oshirish ustuvor masala ekanligi qayd etildi. Taʼkidlandiki,  ushbu bunyodkorlik ishlarini umumiy bir jihat, yaʼni odamlar uchun maqbul  ish oʻrinlarini tashkil etish va xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirish kabi maqsad birlashtiradi.