UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

VENTILYATSIYA - XONADA HAVO ALMASHINUVINI TA'MINLOVCHI TIZIM

Bilasizmi, toza havo kamida 21% kislorodni o‘zida jamlashi kerak, undagi kislorod kontsentratsiyasining pasayishi insonda  bezovtalik va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Kislorodning doimiy yetishmasligi esa ish samaradorligini pasaytiradi, inson salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Xonadagi havo mo‘tadilligini saqlashda shamollatish tizimi, ya'ni ventilyatsiya bizga qo'l keladi. 

Zamonaviy ventilyatsiya tizimlari nafaqat xonadagi havoni yangilaydi, balki uni namlaydi ham.

ShNQ "Jamoat binolari va inshootlari" talablariga ko'ra odamlar doimo bo‘ladigan xonalarga deraza ochiq tavaqalaridan yelvizak, burchak bo‘yicha va bir tomonlama shamollatish nazarda tutilishi kerak. Texnologik talablarga asosan tashqaridan yoki qo‘shni xonalardan havo kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mikroiqlimni optimal parametrlari ventilyatsiya bilan ta'minlana olmaganda loyihalash topshirig‘i bo‘yicha havoni konditsionerlash qo'llanilishi mumkin.

Xonadondagi yotoqxona va yashash xonalari vetilyatsiyasini oshxona, xojatxona, o‘txona, vanna va dushxonalardan tik tortuvchi kanallar yordamida amalga oshirish kerak.