“World Smart City Congress 2024" xalqaro kongressi o'tkazilmoqda
Xitoy davlatining Xangjou provinsiyasida 24-30-sentabr kunlari “World Smart City Congress” forumi bo’lib o’tmoqda. Unda vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari J.Saidov ham ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli tadbirda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan vakillar bor.
Kongress davomida shaharlarni raqamlashtirish, aqlli transport tizimlari, ekologik barqarorlik va fuqarolar farovonligini oshirish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar ko'rgazmasi ham tashkil etilib, unda yuzlab kompaniyalar o'z ishlanmalarini taqdim etdilar.
Tadbirda delegatsiya tomonidan ilg'or xalqaro tajribani o'rganish va yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.