UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Urganch tumani "Qumravot" MFY hududida buyurtmachi “Khorezm elite"  MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy obyektida monitoring ishlari o'tkazildi. 
 
Buyurtmachining texnik nazoratchisi obyektlarda monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida binoning fasad qismiga loyihada nazarda tutilgan bazalt qoplash ishlari sifatsiz bajarilganligi aniqlandi.  
 
Qoidabuzarliklar yuzasidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda loyiha talablari asosida qilinmagan bazalt qoplamalari demontaj qildirildi. Shuningdek, MJtKning 99-moddasiga asosan pudratchi tashkilot rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.