Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumani “Maʼrifat” mahallasi "Kulollar" koʻchasidagi 2022-yilda foydalanishga topshirilgan 51,52,53-sonli koʻp-xonadonli uylarning holati haqidagi murojaat Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyida o'rganib chiqildi.
Jarayonda mazkur koʻp-xonadonli uylarning mulkdorlariga, ularga xizmat koʻrsatuvchi "Gurlan Elyor quruvchi business“ MCHJ boshqaruv servis kompaniyasiga aʼzo boʻlishlari uchun taklif berilgan paytda bosh tortganliklari aniqlandi.
Hozirda 51-52-53-sonli koʻp xonadonli uylarning yertoʻla qismidagi barcha nosozliklar bartaraf qilinib, toʻplangan suvlar olib tashlandi va oldingi holatiga keltirildi, shuningdek, uylarning tutash hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.