Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi reyd tadbirlari
Sifatsiz qurilish ishlarini oldini olish, noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida Xorazm viloyati bo‘ylab reyd tadbirlari yanada kuchaytirilmoqda.
Xususan, Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani "Obod" MFY hududida pudratchi tashkilot "Olmos Bunyod" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosining 5-qavatida sifatsiz temir beton plitalardan foydalanilgani hamda montaj qilishda loyiha talablariga amal qilinmaganligi aniqlandi.
Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ullariga inspeksiya xodimlari tomonidan elektron yozma ko'rsatmalar berilib, sifatsiz plitalar bo'yicha ishlab chiqaruvchiga taqdimnoma kiritildi hamda plitalar joyida buzdirilib, ishlab chiqargan korxonasiga qaytarildi.