UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Xorazm viloyatida loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Ma’lumki, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi va qurilish sohasida elektron tender savdolari, mutasaddi vazirlik va idoralar elektron ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan hamda bu jarayonlar inson omilisiz avtomatik shakllantirilmoqda.
Respublikamiz hududlarida tashkil etilayotgan ochiq muloqotlarda  loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari vakillarining reyting ko‘rsatkichlariga oid masalalar,  savol va takliflari tinglanmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Xorazm viloyatida ham bo'lib o'tdi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi direktori M.Zagrutdinov hamda qator mas’ullar ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda reyting ko'rsatkichlari yuzasidan loyiha va pudrat tashkilotlari vakillarida yig‘ilib qolgan savollar o‘rtaga tashlanib, ularni hal etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.