UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Xorazm viloyatida maishiy korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

 Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatchilari o‘rtasida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Unda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida soha xodimlariga har bir murojaat va hujjat bilan ishlashda adolat, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish, fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik hamda xushmuomalalikni saqlash zarurligi eslatib o‘tildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani, bu borada har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida xodimlar o‘rtasida halollik muhitini yanada mustahkamlash, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish va korrupsion xavf omillarini bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.