UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

“Yangi Andijon” turar joy majmuasida yangicha xizmat

Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan, hududi 4000 gektarni tashkil etuvchi “Yangi Andijon” shahrida 105 ta ko'p xonadonli uylarning qurilish ishlari boshlanib, 36 tasi foydalanishga topshirildi. 

Mazkur yangi uylarga bugungi kunda "Yangi Andijon obod servis" BSK tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. 

Aholiga xizmat ko‘rsatishning barcha zamonaviy talablari asosida ish boshlagan kompaniya bugungi kunda tun-u kun faoliyat olib boruvchi dispetcherlik xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Malakali ishchi xodimlar mulkdorlarga 24 turdagi servis xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.