“Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish jarayonlari nazoratda
“Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish jarayonlari nazoratda.
Termiz tumani "Yangiobod" mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivining qurilish ishlari izchil davom etmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov rahbarligidagi ishchi guruhi hududda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Obyektda hozirda zamonaviy ko‘p qavatli uylar, Termiz pedagogika institutining yangi majmuasi, bolalar bog‘chasi va 200 o'ringa ega oilaviy poliklinika hamda mahalla markazi qurilmoqda. Ishchi guruhi qurilish ishlari sifatiga alohida e’tibor qaratib, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi. Shuningdek, mas’ullardan qurilish madaniyatiga rioya qilish, xavfsizlik texnikasini ta’minlash hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda yuqori sifatda topshirish talab qilindi.