UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

“Yangi O‘zbekistonda qurilish sohasi – kecha, bugun va ertaga” mavzusidagi matbuot anjumani

Ayni dam Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasi binosida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani start oldi. 

“Yangi O‘zbekistonda qurilish sohasi – kecha, bugun va ertaga” mavzusidagi matbuot anjumanida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Kozim To'laganov, O'zbekiston quruvchilar assotsiatsiyasi raisi Mansurjon Niyozmuhammedov, Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov hamda Davlat arxitektura nazorati boshqarmasi boshlig'i Nodir Rejaboyev spiker sifatida ishtirok etishmoqda. 

Shuningdek, OAV vakillari bilan muloqotda "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi mutaxassislari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi markaziy bo'lim va boshqarmalari, xususan, Loyiha faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi" DM ekspertlari, tender, uy-joy masalalariga mas'ullar, qurilish tashkiloti vakillari ham qatnashmoqda.


Tadbir avvalida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig’i Kozim To’laganov so’z olib, shaharsozlik sohasidagi qator islohotlar, o’zgarishlar xususida to’xtaldi. 

- Respublikada barpo etilayotgan va qayta ta’mirlanayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishda tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik qonunchiligida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish borasida nazorat qilishni kuchaytirish hamda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatga jazo ta’sirchanligini oshirish zarurati yuzaga kelganligi bois o‘tgan 2023-yilda Inspeksiya tomonidan Qonun loyihasi ishlab chiqildi va mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi. Bunda Qonun loyihasi shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan,- dedi K.To’laganov.

Ta’kidlanganidek, qonun bilan inspeksiya yoki sudlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyani oldini olish maqsadida ma’muriy jarimalar miqdorini yagona qilib belgilash, ya’ni amaldagi ma’lum bir summadan ma’lum summagacha degan normadan voz kechish;  

huquqbuzarlik va qonunbuzarlik to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi uchun har bir huquqbuzarlikni alohida qism sifatida qayd etish;   

jarimalar miqdorini keskin oshirish;

mavjud binolarning tayanch konstruksiyalarinin qonuniy ravishda buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdorini oshirib jinoiy javobgarlikni belgilash; 

ruxsatsiz qurilish qilish, bosh rejani buzganlik va obyektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzganlik hamda ko‘p kvartirali uylarni o‘zboshimchalik bilan yerto‘la va birinchi qavatini buzish yoki rekonstruksiya qilganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritilgan.


O'zbekiston quruvchilar assotsiatsiyasi raisi Mansurjon Niyozmuhammedov ham so’z olib, mamlakatimizning qurilish sohasiga qaratilayotgan e’tibor, tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish yo’nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi. 

- Mamlakatimiz infratuzilmasini rivojlantirish, shaharsozlik sohasini takomillashtirishga bugun davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ta’kidlash lozimki, bunda davlat nazorati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur yo’nalishda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Sohada shaffoflikni oshirish maqsadida raqamli texnologiyalar rivojlantirilmoqda. Bu o’z-o’zidan raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qilmoqda,- dedi M.Niyozmuhammedov.


Matbuot anjumanida so'zga chiqqan Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov tomonidan qurilish sohasida mavjud shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berildi.

Ta'kidlanganidek, bugungi kunda institutning asosiy boshqarma va bo‘limlari tomonidan texnik me'yorlash, xalqaro normalarni uyg‘unlashtirish, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalar, standartlashtirish, tizimlashtirish hamda atamalar, zilzilabardosh qurilishga doir me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish, axborot texnologiyalari, energoaudit va energosamaradorlik singari yo‘nalishlarda ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlab kelinmoqda. 

Texnik me'yorlash va standartlashtirish instituti nafaqat Osiyo davlatlari balki, sohada ilg‘or nufuzga ega bo‘lgan Yevropa mamlakatlari, xususan, Fransiya, Italiya, AQSh, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi va boshqa bilan hamkorlik aloqalarini mustahkam o‘rnata oldi. 

Institut shuningdek, "Qurilish resurslari milliy klassifikatori" elektron platformasini yuritadi, tashkil etilgan kompleks sinov laboratoriyasida esa hozirgi kunda 200 xildan ortiq sinovlar mavjud.