Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi bosh mutaxassisi Dilshod Shonazarov hamda yetakchi mutaxassis Zaxro To’xtayeva Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan "Arxitektorlar.RF" dasturi asosida malaka oshirib qaytdi
Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi bosh mutaxassisi Dilshod Shonazarov hamda yetakchi mutaxassis Zaxro To’xtayeva Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan "Arxitektorlar.RF" dasturi asosida malaka oshirib qaytdi.
Mazkur dastur Rossiya arxitektorlarining professional rivojlanishini maqsad qilgan qo’shimcha ta’lim sanaladi. U arxitektura sohasida zamonaviy bilim va ko’nikmalarni oshirish, innovatsion yondashuv hamda tajribalarni o’rganish imkonini beradi. Dasturda turli modullar, jumladan, baza, onlayn va xalqaro stajirovkalar mavjud bo’lib, ular arxitektorlarning malakasini oshirishga qaratilgan.
Jarayonda ishtirok etgan arxitektorlar zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni o’rganib, amaliy tajriba orttirdilar hamda bu ta’lim kelgusida ular uchun yangi g’oya va innovatsiyalarni joriy qilish imkoniyatini yaratadi.