UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Yangiyo'lda ko'p qavatli uyning birida temir beton plita teshilib, yerto'laga o'zboshimchalik bilan yo'l ochilganligi aniqlandi.

Yangiyo'lda ko'p qavatli uyning birida temir beton plita teshilib, yerto'laga o'zboshimchalik bilan yo'l ochilganligi aniqlandi.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l shahridagi ko‘p qavatli uylarning texnik holati o‘rganilganda "Farovon" mahallasida joylashgan uyda mulkdor o‘zboshimchalik bilan birinchi qavatning temir beton plitalarini teshib, yerto‘laga noqonuniy yo‘l ochganligi aniqlandi.

Bu esa holat binoning seysmik mustahkamligini zaiflashtirib, ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Inspeksiya tomonidan noqonuniy o‘zgarishlarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mulkdorga bajarilishi shart bo‘lgan yozma ko‘rsatma berildi. Agar o'zboshimchalik o‘z vaqtida to’g'irlanmasa, sudga da’vo arizasi kiritilib, majburiy tartibda tiklash ishlari amalga oshiriladi.

Bunday reyd tadbirlari  respublika bo‘ylab davom etmoqda.