• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
Yanvar 28, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi mas’ulligida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi deputatlar muhokamasiga kiritilib, ma’qullandi.

Sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu qonun loyihasiga muvofiq, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i hamda hududiy inspeksiyalar boshliqlari qurilish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lib, huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bo‘lgan taqdirda ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqish nazarda tutilgan.

Inspeksiya rahbarlariga ushbu vakolatning berilishi shaharsozlik sohasidagi qonun talablarining buzilishlariga yo‘l qo‘ygan fuqarolar va mansabdor shaxslarga o‘z vaqtida tegishli tartibda choralar ko‘rilishi orqali qurilish sifati oshishiga, ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarda ko‘riladigan ishlarning hajmini kamayishiga erishiladi.