• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

O‘zbekistonda 10,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekistonda 10,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
Mar 24, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

? Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda jami 10,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,4 % ni tashkil etdi.

✅ Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 517,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,8 % ga teng.

✅ Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 10 166,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,2 % ga teng.

✅ Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 1296,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

✅ Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 7 490,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.