O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Tokio shahridagi O‘zbekiston elchixonasi hamkorligida Yaponiyaning seysmik himoyalash jamiyati tomonidan joriy yilning 11-12 fevral kunlari O‘zbekiston mutaxassislarini seysmik ustuvor binolar qurilishi bo‘yicha Yaponiya tajribasi bilan tanishtirish maqsadida vebinar shaklida 2 kunlik onlayn seminar o‘tkazilmoqda. Seminarda Yaponiyaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan:
• seysmik ustuvorlik texnikasidagi o‘zgarishlar;
• seysmik himoya va tebranishlar nazorati;
• seysmik himoyalangan inshootlarni loyihalash va ularning konstruktiv hisobi;
• seysmik ta’mirlash texnologiyalari kabi masalalar bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari tinglanmoqda.