“Istiqlol” deya nomlanayotgan majmua mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlanadi. Bu – Prezidentimizning dekabr oyidagi qarorida belgilangan va davlatimiz rahbari yillik murojaatnomasida ham bu haqida eslab o‘tgandi.
Toshkent shahar hokimligi majmuaning konsepsiya loyihasi uchun tanlov e’lon qildi. Unga ko‘ra loyiha “o‘zbek davlatchiligining 3 000 yillik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, ma’naviy tarixi hamda o‘tgan 30 yil, ayniqsa, Yangi O‘zbekistonni qurish bosqichini o‘zida qamrab olgan jarayonlarni gavdalantirishi” lozim. Tanlov 7 mart kuni yakunlanib, g‘oliblar 10 martga qadar aniqlanadi. G‘oliblarga esa 100 million so‘mdan 300 million so‘mgacha pul mukofotlari beriladi.