• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Poytaxtimizda “Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ta’lim va mehnat bozori hamkorligi” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Poytaxtimizda “Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ta’lim va mehnat bozori hamkorligi” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi
Sen 21, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Mazkur seminarda Qurilish vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Qo‘ldoshev bevosita, shuningdek, vazirlik tarmoq kengash kotibi A.Ochilov, kengash a’zolari Sh.Habibullayev, J.Sasmakovlar ZOOM dasturi orqali onlayn ishtirok etdilar.

Unda Prezidentning PQ-4939-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha Tarmoq kengashlarining faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, seminarda mehnat bozori talablari asosida kadrlar tayyorlash tizimi, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashda kasb standartlari va o‘quv-me’yoriy hujjatlarning o‘rni, oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayonidagi yangilangan me’yoriy-uslubiy hujjatlar kabi mavzularda fikr almashildi.