➖Ayni damda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Qurilish vazirligi tomonidan OAV xodimlari ishtirokida press-tur o‘tkazilmoqda.
✔️Unda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning sifati, muddati haqidagi mulohazalarga oydinlik kiritilib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berilmoqda.
📝Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari Otabek Tillaxo‘jayevning aytishicha, Chirchiq shahri “Iftixor” MFYda 29 ta ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda barcha obyektlarda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. O‘rnatilgan tartibda inspeksiya tomonidan doimiy o‘rganish ishlari o‘tkaziladi. Hozirda 2 ta obyekt foydalanishga qabul qilingan. Qolgan obyektlarda qurilish jarayonlari davom etmoqda. “Qishloqqurilishloyiha” tomonidan mualliflik nazorati olib borilmoqda.
📌Biroq shu kunlarda texnik nazorat borasida muammolar ham ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, jurnallar to‘ldirilishi, injiniring kompaniyalar tomonidan texnik jihatdan yozma ko‘rsatmalarni berilishi yuzasidan kamchiliklar bor. Bu bo‘yicha yozma ko‘rsatma va ogohlantirish xatlari berilgan. Bugungi kunda kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida texnik nazorat xodimining sonini oshirish bo‘yicha ishlar qilinmoqda.