🗺 Gʻijduvon tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida davom etayotgan qurilishlarning bugungi holati oʻrganilganda, sifat talablari va meʼyorlarga amal qilmaslik boʻyicha quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
🔴Ishchilarning hammasi ham maxsus kiyim-boshda emas;
🟢 Obyektda maxsus saqlash omborlari yoʻqligidan armatura va boshqa metall materiallar tuproq yerda zang holatda saqlanmoqda;
🟠 Obyekt ichki nazorat xodimi va prorab yoʻq;
🔵Gʻishtlar ham, gʻisht terish ishlari ham sifatsiz boʻlib, tik choklari qorishma bilan toʻliq toʻldirilmagan;
🔵 Ishlatilayotgan armaturalar esa 5 qator oʻrniga 3 qator qoʻllanilmoqda;
🔴 Ayrim koʻp qavatli binolarda qavatlararo zinalari 2-qavatgacha koʻtarilgan, ammo 4-qavatda ham qurilish ishlari davom etmoqda;
🟣Yertoʻlalardagi gidrohimoya ishlari bajarilmagan;
🔴 A1 turdagi asos armaturalardan foydalanish oʻrniga A3 turidan foydalanilgan;
🟠Notoʻgʻri joylashtirilish sababli armaturalar himoya qatlamidan tashqariga chiqib qolgan.
➡️ 2022-yilning mart oyida qurilishi boshlangan massivda shu paytga qadar viloyat Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan tizimli nazorat ishlari olib borilgan boʻlib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali 105 ta elektron yozma koʻrsatmalar berilgan.
☁️ Oʻtgan 7 oy davomida 1 ta holatda “Kogon yigʻma servis” MCHJ korxonasi tomonidan standart talablariga javob bermaydigan sifatsiz tomyopma plitalari qurilish obyektiga yetkazib berilganligi uchu, shuningdek, 2 ta holatda qurilish-pudrat korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan MJtK 99-moddasi tegishli bandlari bilan jarima qoʻllanilgan.
🎚️ Maʼlumot uchun, tegishli qonuniy hujjatlarga asosan Buxoro viloyatining 2 ta tumanida jami 720 ta xonadondan iborat boʻlgan 36 ta koʻp qavatli turar-joy binolari qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, 2022-yilda Qorakoʻl tumani Doʻrmon MFYda 12 ta va Gʻijduvon tumani Baraka MFYda 24 ta 5 qavatli uy-joylarning qurilishi inspeksiya roʻyxatidan oʻtgan.
✔️ Eslatib oʻtamiz! Qurilish vazirligi masʼullari va OAV vakillaridan tarkib topgan tezkor guruh hududlar boʻylab nazorat ishlarida davom etadi.