🚌 2-3-noyabr kunlari Navoiy va Buxoro viloyatlariga tashkil etilgan press-tur yuzasidan
🌐 Qurilish vazirligi mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan press-turda 2021-yilning 9-dekabrida qabul qilingan “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 32-sonli Prezident Farmonining ijrosi yuzasidan Navoiy viloyatining Karmana va Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanlarida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilib borildi.
🔔 Vizual o‘rganish xulosalariga ko‘ra vazirlik mas’ullarining asosiy e’tirozlari qad rostlayotgan binolar sifati hamda hududdagi texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilinmayotganida bo‘ldi.
🕹Massivlarda hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan muntazam tekshiruvlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, quruvchilar tomonidan shaharsozlik norma-qoidalari qo‘pol ravishda buzilmoqda.
🏘 Qurilish vazirligi quruvchi-tadbirkorlarni sifat, muddat va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan bog‘liq talablarga qat’iy amal qilishga chaqiradi.
❕ Eslatib o‘tamiz! Qurilish vazirligi masʼullari va OAV vakillaridan tarkib topgan tezkor guruh hududlar boʻylab nazorat tadbirlarida davom etadi.