• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

PRESS TUR

Noyabr 15, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🗓 Farg‘ona viloyati Farg‘ona tuman Yangi asr MFY “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida 33 ta turar-joy binolari qurilmoqda. Massivda bir necha uy-joylar foydalanishga topshirishga ham ulgurilgan. Qurilish vazirligi hamda OAV vakillaridan iborat tezkor guruh hudud qurilishining sifati holatini o‘rganishdi.

🗺 Farg‘ona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga ko‘ra qurilish boshlangandan buyon shu kunga qadar o‘tkazilgan monitoringlarda inspeksiya tomonidan buyurtmachi, loyihachi va pudratchiga bajarilishi majburiy bo‘lgan jami 78 ta qoidabuzarlikdan iborat 37 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan 6 ta holatda mansabdor shaxslarga chora ko‘rilgan.

❕ Shunga qaramasdan ichki, mualliflik hamda texnik nazorat xodimlarining o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi hamda nazorat ishlaridagi loqaydligi sababli massiv qurilishida qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan (suratlarda). Jumladan:
– metall qoplamalar himoya bo‘yoq qatlamisiz montaj qilib yuborilgan;
– loyiha talablaridan chiqib ketilgani sababli ayrim ko‘p qavatli uy-joylarga kirish eshigi o‘rni ham yo‘q;
– ba’zi qurilish materiallaridan loyiha chizmalarida belgilanganidek foydalanilmagan;
– ko‘p qavatli uylarning biridagi yerto‘laga olib tushuvchi devorida jiddiy yoriq hosil bo‘lgan.

✔️ Qurilish ishtirokchilari hamda unga javobgar shaxslar aniqlangan kamchiliklar tez orada bartaraf etilishiga va’da berishdi.

➖ Qurilish vazirligi barcha kamchiliklarni tuzatish jarayonlari nazoratga olinganini ma’lum qiladi va bu mavzuga yana qaytadi.