📍 Vodiy viloyatlariga yo‘l olgan Qurilish vazirligi mas’ullari hamda OAV vakillaridan iborat tezkor guruhning navbatdagi manzili Andijon viloyati Andijon tumani ”Qo‘nji” MFYdagi qurilishi tugallanmasdan qolib ketgan tuman Tibbiyot birlashmasi bo‘ldi.
🏓 Qiymati 3,6 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari uchun shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘larning 91 foizi qurilish ishtirokchilari hisoblariga o‘tkazib berilgan bo‘lsa-da, joriy yilning 28 avgust kuni foydalanishga topshirilishi shart bo‘lgan bino qariyb 3 oydan buyon bitkazilmasdan xarob holga kelib qolgan.
🔎Obyektga kelganimizda quruvchi tashkilot rahbari noma’lum sabablarga ko‘ra hududda bir necha kunlardan beri ko‘rinish bermay qo‘ygani haqida aytishdi. Qurilishga javobgar bo‘lgan ichki, mualliflik va texnik nazorat xodimlari esa holatga izoh berishni istashmadi.
📝 Andijon viloyati Qurilishda hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ushbu obyektda 14 marta monitoring o‘tkazilgan bo‘lib, 12 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Ulardan 3 tasi bartaraf etilmagan. Lekin qurilish holati qoniqarsiz. Jumladan:
💬 Qurilish hududi himoya devorlari bilan o‘ralmagan;
💬 Qurilish ishlarida ketma-ketlik buzilgan – tom yopilmasdan devorlarga suvoq tortilgani ortidan devorlar namlanib, sho‘rlagan;
💬 Suv-oqova tizimi sifatsiz qilingan;
-💬 1-qavat qurilish chiqindilari bilan to‘ldirib yuborilgan.
◀️Viloyat qurilish mas’ullariga ushbu holat yuzasidan tegishli taqdimnomalar kiritish topshirig‘i berildi. Sifat va muddat bilan bog‘liq ushbu kamchiliklar vazirlik nazoratiga olinganini ma’lum qilamiz.