📌 Namangan viloyati Chust tumani “Gulzor” massivi hududida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi Qurilish vazirligi mas’ullari va OAV vakillari ishtirokidagi press-turning navbatdagi manzili bo‘ldi.
➡️ Hududda 15 ta 5 qavatli uy-joylar qurilishi jarayonlari ketmoqda. Boshqa obyektlarda bo‘lgani kabi mazkur massiv qurilishi ham kamchiliklardan holi emas. Jumladan:
– qavatlararo beton-plita montajlari orasidagi choklar suvoqlanib to‘ldirilmagan;
– asos betonlar orasidagi armaturalar juda mo‘rt payvandlangan;
– ko‘p qavatli uylarning birida qavatlalaro zina karkaslari noto‘g‘ri to‘qilgan.
❗️Mas’ul qurilish ishtirokchilari aniqlangan ushbu kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilib, bu bo‘yicha jamoatchilikni xabardor qilishga va’da berishdi.
🔎 Namangan viloyati Qurilishda hududiy nazorat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yuqoridagi oqsoqliklar va mas’uliyatsizlik oqibatlari mazkur massivdagi ilk salbiy holatlar emas. Yil boshidan beri inspeksiya tomonidan massiv qurilishiga oid 58 ta qoidabuzarlik aniqlangan, bu bo‘yicha 120 dan ortiq ko‘rsatmalar taqdim etilgan hamda qurilish ishtirokchilariga nisbatan MJtK-99-moddasi asosida jami 11 ta javobgarlik belgilangan.
⚠️ Aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralarining ko‘rilishi Qurilish vazirligi tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qilamiz.