• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

PRESS TUR

Noyabr 23, 2022 Posted by: tested E'lonlar Yangiliklar

DIQQAT! DIQQAT!

🎙️ Hurmatli OAV vakillari hamda blogerlar!

🏘 Qurilish vazirligi tomonidan joriy yilning 24-25-noyabr kunlari Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlariga press-tur tashkil qilinmoqda.

🗺 Vazirlikning tizim tashkilotlari mas’ullaridan iborat tezkor guruh hududlardagi davlat dasturi asosida qurilayotgan uy-joylar hamda ijtimoiy obyektlarning holatini tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqib, qurilishda jarayonidagi kamchiliklarni aniqlaydi.

🔔 Mavzuga befarq bo‘lmasangiz, sizlarni ham press-turimizga taklif qilamiz.

📞 Qo‘ng‘irog‘ingizni +998 99 802 12 13 telefon raqamida 23-noyabr soat 18:00ga qadar kutamiz!

🟡 Jamiyat uchun foydali mavzu hamda borish-qaytish uchun barcha sharoitlar Qurilish vazirligidan, kamchiliklar takrorlanmasligiga va to‘g‘irlanishiga undovchi tahliliy materiallar esa sizlardan!

🚌 Jo‘nab ketish vaqti: 24-noyabr kuni ertalab 07:30 da.

📍 Jo‘nab ketish joyi: Qurilish vazirligi binosi yoni, Abay ko‘chasi 6-A uy.

✏️ Eng yaqin metrolar: G‘afur G‘ulom va Alisher Navoiy bekatlari.

🌤 Ob-havo: Press-tur kunlari Toshkent 15-18, Sirdaryo 17-14 daraja quyoshli. O‘zingiz bilan soyabon olish foydadan holi bo‘lmaydi.

🚗 Toshkentga qaytib kelish vaqti: 25-noyabr 21:00 da.

 

 

Qurilish vazirligi Matbuot xizmati