📍OAV vakillari uchun “Issiqlik manbai”ga press-tur tashkil etildi.
Unda Margʻilon shahrida koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi loyihalar boʻyicha ma’lumot berildi.
🫥 Isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish va uzluksizligini taʼminlash maqsadida Margʻilon shahridagi “Guliston”, “Zuhro”, “Miltiqsoz”, “Chilonzor” “Saxovat” mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi 130 ta uyni issiqlik va issiq suv bilan taʼminlash boʻyicha salmoqli loyiha amalga oshirilmoqda.
⏳ Bugungi kunda ushbu mahallalardagi 123 ta koʻp qavatli uy toʻliq issiqlik energiyasi bilan taʼminlandi. Eʼtiborli jihati shundaki, har bir kvartiraga zamonaviy issiqlik radiatorlari 3 yilga boʻlib toʻlash sharti bilan oʻrnatib berildi.
🫥 Mazkur loyihaning oʻziga xosligi jahon tajribasi asosida innovatsion texnologiyalarning keng jalb qilinayotganligidadir. Texnologiyaning afzalligi har qanday oʻta sovuq ob-havo taʼsirida ham energiya yoʻqotishlarsiz, koʻp kvartirali uylarga yetarli bosim va haroratda issiqlik uzatadi. Har bir koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismida zamonaviy issiqlik elevatori (ITP) mavjud boʻlib, bir meʼyorda barcha xonadonlarga issiqlik berishini taʼminlaydi.
⚡️Bugungi kunda xonadonlarga berilayotgan issiqlik harorat 60-62 C ni tashkil etmoqda.