• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

PRESS TUR

May 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Ayni paytda Samarqand viloyatida Qurilish vazirligi tomonidan OAV xodimlari ishtirokida o’tkazilayotgan press tur Payariq tumanida davom etmoqda.

✔️Unda jurnalistlar tumanda barpo etilayotgan Tibbiyot birlashmasini rekonstruksiya qilish jarayoni bilan tanishdilar.

🔴Ammo bu yerdagi holatni talab darajasida emas. Xususan, quruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, texnik talablarni belgilangan normativlar asosida amalga oshirilyapti deb bo’lmaydi. Aytib o‘tish joizki, buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotining mualliflik nazoratiga mas’ullar Vazirlar Mahkamasining 321-sonli Qarorida belgilangan o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qaragani bois mazkur obyektda doimiy qoidabuzarliklar kuzatilmoqda.

✅Mazkur press tur reyd tarzida o’tkazilmoqda hamda u Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.