⚡️Press tur ishtirokchilari Payariq tumani yo’l yoqasida noqonuniy qurilayotgan maishiy xizmat ko’rsatish savdo obyektini ham o’rganishdi.
✔️Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining Ishchi guruhi bilan birgalikda Samarqand viloyatida aniqlangan 332 ta noqonuniy qurilish obyektidan biri mazkur obyekt hisoblanadi.
🔴Unda (orayopma) eski plitalar ishlatilgan. Binoning birinchi qavat devorlari shlakablokdan barpo etilgan. Shuningdek, binoni isitish va sovutish tizimlari hisobga olinmagan. Olib kelingan eski plitalarning ayrimlari yaroqsiz ahvolda.