⚡️Press tur davomida Toshkent shahridagi bir nechta qurilish obyektlari oʻrganib chiqildi. Qurilishda hududiy nazorat inspeksiyasi maʼullari tomonidan ishchilar muhofazasini taʼminlash, maxsus kiyimlardan foydalanish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Jurnalistlar esa oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Albatta baʼzi qurilish obyektlarida texnik xavsizlik talablari bajarilgan, baʼzilarida esa eʼtiborsizlik bilan yondoshilgani koʻzga tashlandi.
🔴Maʼlumot oʻrnida 2022-yilning 1-aprel holatiga qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan jami 24 566 ta obyektda qurilish-montaj ishlari nazoratga olingan va 21 187 tasi roʻyxatdan oʻtgan.
Mazkur obyektlarda jami 23 074 marta nazorat ishlari amalga oshirilgan.
Obyektlar qurilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan jami 20 713 ta yozma koʻrsatma berildi. Shundan, 13 447 ta yozma koʻrsatmadagi muammolar bartaraf etilgan (64,9 %).
Bosh rejalarni buzilish holatlari soni esa 370 tani tashkil etdi.
✅ “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi boʻyicha jami 1336 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy hujjatlar toʻplami tayyorlanib, tegishliligi boʻyicha maʼmuriy sudlarga yuborilgan.
Qurilish-montaj ishlarini toʻxtatishlar soni 225 tani tashkil etdi. Shu bilan birga qurilish normalariga rioya qilinmagan holatda qurilish-montaj ishlari olib borilganligi sababli 41 tasida buzdirish ishlari olib borildi.
Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan kiritilgan taqdimnomalar:
– qurilish uchun yer ajratishda hokimlarning qarorlarini bekor qilish boʻyicha 13 ta holat;
– qurilish ishtirokchilari tomonidan mualliflik va texnik nazoratini buzganligi uchun litsenziyalar hamda ruxsat beruvchi hujjatlarni toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish boʻyicha jami 251 ta holat;
– qurilish obyektlarida sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar foydalanganligi uchun tegishli organ hamda tashkilotlarga 64 ta holat yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.