⚠️ Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat guruh poytaxtimizning Uchtepa tumanida bo‘lib turibdi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.Zokirov hamda Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari jurnalistlarga bino fasadlariga o’rnatiladigan bazalt plitalarning afzalliklari haqida zarur ma’lumotlarni taqdim etishmoqda.
Shuningdek, mavjud binolarda maksimal energiya samaradorlikka erishish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo’lgan choralar haqida so‘z bormoqda.
📎 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.Zokirov jurnalistlarga bino fasadlariga o’rnatiladigan bazalt plitalarning afzalliklari haqida zarur ma’lumotlarni bermoqda. Ushbu qurilish materialining o’ziga xos xususiyatlari haqida ham taqdimotlar orqali tushuntirish berib o‘tilmoqda.