• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

PRESS TUR ONLAYN

Fev 7, 2023 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Avtoklavli gazobeton — zilzilabardosh mahsulot!

Bugun dunyoda ro’y berayotgan tabiat hodisalari turar-joy binolarini qurishda yangi, sifatli, arzon, yengil va zilzilabardosh, energiya tejamkor innovatsion qurilish mahsulotlariga talab qanchalik yuqori ekanini ko’rsatmoqda.

Bunda sohada loyiha yechimlariga ilg‘or qurilish texnologiyalari, zamonaviy va yuqori samarali qurilish materiallarini tatbiq etish ustuvor masala sanaladi.

Ayni shu jihatlarni inobatga olib, Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan g‘arb mamlakatlari tajribasida o‘zini allaqachon samarali mahsulot sifatida oqlay olgan gazobeton mahsulotining 9+ ballga seysmik bardoshliligi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, gazobeton plitalarini qurilish jarayonlariga jalb etish orqali sezilarli mablag’ iqtisod qilinadi.