➖ Bolalar bog’chasining topshirilishi qishga qoldimi?
📎 Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Gulobod” MFYda joylashgan 19-maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirdan chiqarish uchun davlat dasturiga kiritilgan va loyihaga muvofiq 2022-yilning 28-oktabr sanasida obyektda qurilish ishlari tugatilishi nazarda tutilgan.
◀️ Ammo kuzatuvlarimiz davomida obyektda pardozlash va payvandlash ishlari hali davom etayotganiga guvoh bo’ldik.
🔔 Shuningdek, binodagi bolalar xonalarining pol qismiga taxta materiali qoplanishi o’rniga, relin qoplamasi yotqizilgan.