📍 Qurilish vazirligi mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirokidagi press-turning navbatdagi manzili: Qashqadaryo viloyati
🔎 Yangi yilga bolalar kutgan tuhfa yoxud kechikayotgan teatr tomoshasi!
🗣 Qarshi shahrida 120 o’rinli qo’g’irchoq teatrini barpo etish ishlari 2021-yilning sentabr oyida boshlangan.
🗣 Qurilish vazirligi tomonidan OAV vakillari ishtirokida Qashqadaryo viloyatiga tashkil etilgan press-tur davomida salkam 16 mlrd. so’m miqdorida mablag’ yo’naltirilgan mazkur obyekt ko’zdan kechirildi.
🔔 E’tibor qaratish zarur ilk jihat — obyektning foydalanishga topshirilish muddati 2 marotaba o’zgartirilgan. Shunga qaramay, so’nggi muddat ham boy berilgan. Qurilish ishlari hali ham davom etmoqda. Kuzatuvlar davomida qish faslining past haroratida ham binoning fasad qismida pardozlash ishlari olib borilayotgani aniqlandi va bu holat qurilish sifatiga sezilarli tarzda salbiy ta’sir ko’rsatishi ta’kidlab o’tildi.
Shu qatori obyekt qurilishida quyidagi oqsoqliklar ham ko’zga tashlandi:
✔️ binoning parapet qismiga g’isht terishda muzlashga qarshi qo’shimcha vositalar qo’shilmasdan qorishma tayyorlanmoqda;
✔️ kafel terish ishlari sifatsiz bajarilgan. Qorishmalar bilan to’liq to’ldirilmagani oqibatida kafel burchaklarida sinish holatlari mavjud;
✔️ yong’inga qarshi tizim loyiha bo’yicha bajarilmagan;
✔️ metall quvurlar gruntovka qilinmasdan montaj qilingan;
✔️ peregorodkalarga ikki qavat gipsokarton mahkamlanishi loyihada ko’rsatilgan. Ammo joyida bir qavatli bajarilgan holatlar mavjud;
✔️ issiqlik tizimiga tortilgan PVX quvurlari loyiha bo’yicha bajarilmagan;
✔️ obyektda ishchi guruhning xavfsizligi ta’minlanmagan;
✔️ ob-havoning past haroratida binoning ichki qismida pardozlash ishlarini olib borish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rilmagan.
⚠️ Aniqlangan kamchiliklar bo’yicha Qashqadaryo viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi vakillari tomonidan tegishli ko’rsatmalar berildi.