✔️ O’zboshimchalik asosida qurilayotgan uyning sifatiga kim javob beradi?
? Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri “Uychilik” MFY hududida tadbirkor S.Hasanov tomonidan barpo etilayotgan turar-joy binosini qurish ishlari tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari to’liq rasmiylashtirilmay turib boshlab yuborilgan.
⚠️ Qashqadaryo viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur obyektni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun talabnoma berilgan, o’rnatilgan tartibda tekshirish ishlari o’tkazilib, ma’muriy jarimaga tortilgan.
? Kuzatuvlar davomida turar-joy binosida qurilish ishlarini to’xtatish bo’yicha ko’rsatmalar berilishiga qaramasdan, tadbirkor tomonidan obyektda qurilish ishlari davom ettirilayotgani aniqlandi.
⚠️ Hozirgi kunda ushbu holat bo’yicha hududiy nazorat inspeksiya tomonidan mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga xatlar yuborilgan.