✏️ Qurilishda texnik va mualliflik nazoratining doimiy yo’lga qo’yilishi nima uchun muhim?
🗂 Aynan texnik va mualliflik nazorati qurilish-montaj ishlarining loyihaga va tegishli tartiblarga muvofiq sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
🎙Press-tur davomida Surxondaryo viloyati Angor tumani “Sharq guli” MFY hududida 11,5 gektar yer maydonda bunyod etilayotgan 17 ta 5 qavatli uy-joylarning qurilishi ayrim oqsoqliklardan holi emasligi aniqlandi.
Jumladan:
✔️ beton vibratorsiz sifatsiz quyilgan;
✔️ parda devorlari loyiha bo’yicha tiklanmagan. Metall ugolniklar o’rniga beton belbog’ bilan bajarilgan;
✔️ obyektga kirim qilingan yig’ma temir-beton plitalari standart talablariga javob bermaydi. OTK shtampi qo’yilmagan hamda saqlash talablari qo’pol ravishda buzilgan;
✔️ yig’ma temir-beton plitalarining montaj qilingan choklari sement qumli qorishma bilan to’ldirilmagan;
✔️ devor va pol yuzalariga yopishtirilgan sopol plitkalar choklari fuga bilan to’ldirilmagan;
✔️ ob-havoning past haroratida ichki pardozlash ishlarini bajarish uchun kerakli chora-tadbirlar ko’rilmagan;
✔️ xonadonlardan birida ventilyatsiya tizimi uchun tuynuk qoldirilmagan;
✔️ g’isht terish ishlarida qorishmaga muzlashga qarshi qo’shimchalar qo’shilmagan.
⚡️Ma’lumot o’rnida Surxondaryo viloyati Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur hududda jami 92 marotaba nazorat tadbirlari olib borilgan. Obyektlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha 154 ta muddatli yozma ko’rsatmalar berilgan. Shulardan bugungi kungacha 146 tasi bo’yicha oqsoqliklarni bartaraf etishga erishilgan.