• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

PRESS TUR ONLAYN

Dekabr 9, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🧑‍⚖️ Qurilishda o’zboshimchalik faoliyatingiz reytingida qulash demakdir!

✅ Press-tur Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida davom etdi.

📝 Tumanning “Majnuntol” MFYda “Azizbek restaurant” MCHJ tomonidan to’yxona va savdo do’konlari qurilishi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari to’liq rasmiylashtirilmay turib boshlab yuborilgan.

🔔 Surxondaryo viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi vakillari tomonidan vaziyat yuzasidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay qurilish ishlari davom ettirilgan.

👨‍⚖️ Oxir-oqibat hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish tashkiloti vakillari MJtKning 99-moddasi 7-qismiga asosan jarimaga tortilgan.

🍵 Muloqot davomida aniqlangan muammolar yuzasidan hududiy inspektorlar tomonidan tadbirkorga kerakli kórsatmalar berildi va bir hafta muddat ichida ushbu qurilish obyektini ro’yxatdan o’tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.