❔Yangiyerdagi “Yangi O’zbekiston” massivi aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo’ladimi?
⏳ 2022-2024-yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 16 gektar yer maydonida “Yangi O’zbekiston” massivi barpo etilishi belgilangan.
? Massivda qurilishi rejalashtirilgan jami 50 ta 1000 xonadonli ko’p qavatli uylar qatori, 25 o’rinli mehmonxona, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish majmualari, mahalla markazi, eko-bozor, “co-working” markazlari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlari ham barpo etiladi.
? Yana bir ahamiyatli jihati massivda bunyod etilayotgan uy-joylarning yerto’la qismlarida aholining kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalalari uchun 1 va 2 xonali kvartiralar qurilmoqda.
✔️ “Ish bor yerda kamchiliklar ham bo’ladi”, — deganlaridek, mazkur obyekt qurilishi ham ayrim kamchiliklardan holi emas:
? devorlar mustahkamligi uchun o’rnatilgan temir ugolniklar birlamchi gruntovka ishlarisiz bajarilgan;
? loyihaga ko’ra devorlarda har ikki qatorda qo’yilishi ko’zda tutilgan setka to’rlari qo’yilmagan;
? ayrim joylarda appalovkalarning mustahkam qotirilmagani oqibatida beton yuzalarda notekisliklar mavjud;
? ayrim binolarning parapet qismi g’isht yuzalarida vujudga kelgan sho’rlanishlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmagan.
❗️Qurilishga mas’ullar aniqlangan ushbu kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilib, bu bo’yicha jamoatchilikni xabardor qilishga va’da berishdi.
? Sirdaryo viloyati bo’ylab press-tur davom etadi.