Botir Zokirov – Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri:
Har yili aholimiz o‘rtacha 800 000 nafarga ko‘paymoqda. Shuningdek, har yili 650 000 nafar bolaning yangidan bog‘cha va maktabga chiqishini inobatga olgan holda ijtimoiy soha obyektlari qurilmoqda. Bu degani elektr-energiya va issiqlik ta’minotiga bo‘lgan ehtiyoj ham shunga mos ravishda o‘sib bormoqda. Hozirgi asosiy maqsad, uy-joylar va boshqa obyektlarda energiya tejamkorlikni ta’minlashdan iborat.