• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Prezidentning "Aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi farmonidan asosiy fikrlar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Prezidentning “Aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonidan asosiy fikrlar
Mar 12, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️ 33 114 ta kvartira va yakka tartibdagi uy-joylar ipoteka kreditlari asosida beriladi

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6186-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi

🏠 Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.

🔰 Farmon bilan 2021 yilda yangi tartib doirasida:

➖ respublika bo‘yicha jami 33 114 ta kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylar;

➖ qishloq joylarda 8 336 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli arzon uy-joylar;

➖ fuqarolarning alohida toifalari uchun 3 550 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

📝 Shuningdek, 2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdori tasdiqlandi.

☑️Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi (ilgari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy etilgan edi).

✅ Bunda:

● kreditlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda 500 ta, jami 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratiladi;

● kreditlar ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda) muddatga ajratiladi;

daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki 5 yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi;

● subsidiyalar qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.


❗️ Subsidiya olish uchun arizachining daromadlariga yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin

 

📋 Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 iyundan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi.

🔰 Unga muvofiq:

➖ fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun arizalar yil davomida topshirilishi mumkin;

➖ subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin;

➖ subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali olish mumkin bo‘lgan hujjatlarni (ma’lumotlarni) talab qilish man etiladi;

➖ uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.

🏠 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar, shu jumladan xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun uy-joylar sotib olinadi (1 000 ta kvartira).

🧾 2021 yil 1 iyundan Toshkent shahrida tajriba tariqasida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 6 oy davomida oylik ijara to‘lovining 50 foizi miqdorida, biroq BHMning ikki yarim baravaridan oshmagan holda oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibi joriy qilinadi.

🔎 Farmonga ko‘ra, ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, kompensatsiya, subsidiyalar va davlat tomonidan taqdim etiladigan boshqa imtiyozlarni adolatli taqsimlash hamda ulardan samarali foydalanish maqsadida “Xalqparvar” komissiyalari tashkil etiladi.

2021 yil 1 maygacha aholiga qulay shaklda ma’lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portali ishga tushiriladi.


⚡️ O‘zbekistonga sementni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi

🔘 Farmonga ko‘ra, uy-joylar narxini arzonlashtirish maqsadida 2021 yil 1 apreldan yangi tartib doirasida:

▪️ ko‘p kvartirali uy-joylar qishloq joylarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir-beton va yirik panelli konstruksiyalar hamda boshqa qurilish materiallari asosida massiv shaklida quriladi;

▪️ uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan sement hamda metall prokati bo‘yicha alohida birja savdo sektsiyasi joriy qilinadi;

▪️ 2021 yil 1 oktabrgacha sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol’ stavkasi qo‘llaniladi.

➡️ 2021 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.