BOSHQARMANING ASOSIY VAZIFA VA FUNKSIYALARI:
— pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ular faoliyati monitoringini olib boradi;
— kapital qurilishda islohotlarni yanada chuqurlashtirishga hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
— ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi, taʼlim muassasalari uchun kasbiy amaliy imtihonlarni zamonaviy qurilish-pudrat tashkilotlari bazasida oʻtkazishga koʻmaklashadi;
— loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirishga koʻmaklashish;
— shaharsozlik faoliyati, investitsiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda tegishli hududdagi korxona va tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatadi, xorijiy hamkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatishda koʻmaklashadi;
— shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va obʼektlar qurilishi boʻyicha pudratchilarning reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;
— kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;