• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qariyb 50 yillik muammo bartaraf etilmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qariyb 50 yillik muammo bartaraf etilmoqda
Fev 24, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Ayni kunlarda Fargʻona viloyatidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Dangʻara tumanining “Istiqlol” hamda “Navbahor” mavzelarida qurilgan ikki qavatli uylar oxirgi 50 yil mobaynida mukammal taʼmirlanmaganligi oqibatida tom va fasad qismlarining yaroqsiz holatga kelishi, aholining haqli eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan edi.

Endilikda ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida hududdagi 10 ta uyning tom qismlari hamda 8 ta uyning fasad qismlari mukammal taʼmirlash va hududni obobdonlashtirish ishlari olib borilmoqda.