🏗 Qurilish vazirligi tomonidan litsenziyalash sohasini takomillashtirish va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf qilish bo‘yicha Hukumatning qarori loyihasi ishlab chiqilgan va kelishish uchun vazirlik va idoralarga kiritilgan.
❗️Mazkur loyihada:
📎 xavflilikning I toifasidagi obyektlar uchun arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini xabarnoma yuborish tartibiga o‘tkazish;
📎 IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyalash tartibini joriy etilishi;
📎 litsenziyalashda asosiy ish joyi bo’yicha ishlaydigan xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida talab etiladigan ish stajlariga aniqlik kiritilishi;
📎 litsenziya talablari va shartlarining takomillashtirilishi;
📎 Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali xalqaro biznes arenada O’zbekistonning ijobiy imidjini ilgari surish hamda ularning murojaatlarini qanoatlantirish va chet el yuridik shaxslariga ham litsenziyalar berishning joriy etilishi;
📎 Xavfi yuqori bo’lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo’yicha faoliyatni litsenziyalashda Davlat ekologiya qo’mitasining chiqarilishi;
📎 xavf-xatarlar toifalarining tasnifida aksariyat obyektlar kiritilmaganli sababli amaliyotdagi huquqiy bo’shliqlar va muammolarni bartaraf etilishi nazarda tutilgan.