• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qaror va ijro

Mar 31, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Amir Temur mahallasi ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi Andijon viloyatining Asaka tumanida ham aholining koʻtarinki kayfiyatiga sabab boʻlmoqda.

Tumanning Amir Temur mahallasida bugungi kunda 7 ta koʻp qavatli turar-joy binosi mavjud boʻlib, qaror ijrosi yuzasidan ularning bariga ichimlik suvini yetkazish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda, xususan, 200 metrlik quduq qazilib, 2 ta nasos, 25 tonna sigʻimli suv minorasi oʻrnatildi. Shuningdek, hududga kanalizatsiya quvurlari yotqizilmoqda.