• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qaror va ijro

Apr 3, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Xalqning og’irini yengil qilish, uzoq qishloq, ovul va mahallalarini obod qilish yo’lidagi xayrli tashabbuslar Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ham davom etmoqda. Xususan, Prezidentimizning “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi “Abdusamadmahallasi hududidagi yotoqxonaga moslashgan eski bino to’liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy poliklinikaga aylantirildi.

? Bugungi kunda tumandagi 11 ta mahallada istiqomat qiluvchi 43 000 nafardan ortiq aholiga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan polklinikada barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Tez kunda foydalanishga topshirilishi ko’zda tutilayotgan binoda hozir pardozlash ishlari ketmoqda.

?Shahrixon tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Ilhomjon Ahmedovning bu boradagi fikrlari bilan ham tanishishingiz mumkin?