Unda
1. “Eng yaxshi natyurmort kompozitsiyasini chizish”
2. “Eng yaxshi elektr montaj ishlari”
3. “Eng yaxshi ayollar milliy ko’ylagini bichish va tikish ishi”
hamda o’quv ustaxona jihozlaridan samarali foydalanish bo’yicha o’quv amaliyotlari o’tkazildi.
✅“Kasb mahorati” ko’rik tanloviga O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Ta’lim muassasalarini faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig’i A.Qo’ldoshev, Qashqadaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining o’rinbosari U.Rahimov, Shahrisabz tumani IIB boshlig’i, Yoshlar ishlari agentligi, Qurilish vazirligi tarkibidagi texnikum va kollej rahbarlari, viloyatdagi kasb hunar maktablari, kollej va texnikum direktorlari hamda ish beruvchi korxona, tashkilot rahbarlari tashrif buyurishdi.
🔴Tanlovni hay’at a’zolari adolat, ochiq-oshkoralik va albatta Nizom asosida baholab borishdi.
💥G’oliblar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.