Ishonch telefoni: (+998 71) 210-11-04 (ichki raqam 5 )

Qashqadaryo: Qurilishda qonun talablari ta’minlanyaptimi?

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qashqadaryo: Qurilishda qonun talablari ta’minlanyaptimi?
Mar 11, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Qurilish vazirligi tomonidan Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Jizzax, Buxoro viloyatlari bo‘yicha noqonuniy qurilishga doir ma’lumotlar berib o‘tilgan edi. Kuzatuvlarimiz natijasida aytish mumkinki, mas’uliyat bilan o‘z kamchiliklarini bartaraf etayotgan yoki hanuz berilgan ko‘rsatmaga befarq qarayotgan fuqarolar bor. Ammo har ikki holatda ham bu ishlar Vazirlik hamda hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Shunday ekan bu gal Qashqadaryo viloyatidagi qurilish obyektlarida aniqlangan ma’lumotlar taqdim etiladi.

1. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Shurtan” MFY hududidagi “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan “Ko‘p qavatli turar-joy” binosi o‘rganilganda SHNQ 3.01.01-03 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” talablariga asosan obyektda majburiy yuritilishi lozim bo‘lgan ijro hujjatlari yuritilmaganligi, binoda ishlatilgan monolit temir beton konstrkutsiyalarining loyihaviy mustahkamligiga mos kelishi bo‘yicha laboratoriya sinov xulosalari olinmaganligi, Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari ya’ni shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda 5-ilovasiga asosan hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlari boshlanganlik holati aniqlangan.

Ushbu aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha pudratchi tashkilotga nisbatan 24.12.2020 yildagi 1154-sonli yozma ko‘rsatma berilib, kamchiliklar bartaraf etilmaganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga topshirilgan.

2. Xuddi shunday Qarshi shahrining I.Karimov hamda “Tupxona” ko‘chalari chorrahasida “Ulkan inshoot qurilish servis” MCHJ tomonidan qurilayotgan “Mehmonxona” binosida o‘rganish olib borilganda qurilayotgan binoda quyidagi kamchiliklar aniqlangan:

Obyekt qurilishi uchun tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlariga ijobiy yig‘ma ekspertiza xulosasi olinmaganligi, obyektni loyihalashtirish uchun ishlab chiqilgan bosh reja hamda fasad ko‘rinishlariga arxitektura va shaharsozlik kengashining bayonnomasi olinmaganligi hamda Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi 370-sonli qarorining 5-ilovasiga asosan hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlari boshlangani yuzaga chiqqan.

O‘z navbatida qurilayotgan obyektda ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifat hujjatlari mavjud emasligi, temir beton konstruksiyalarida ishlatilgan beton qorishmalarining loyihaviy mustahkamligiga mosligi bo‘yicha laboratoriya sinov xulosalari olinmaganligi aniqlangan.

Mazkur aniqlangan kamchiliklar hududiy inspeksiya tomonidan 1136-sonli yozma ko‘rsatmada belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

3. Qarshi shahrining Jayxun ko‘chasi hududida “Naziraxususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari va naves” qurilishi hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan boshlanganligi sababli obyektda inspeksiyaning 181-sonli ishlab chiqarish buyrug‘iga asosan qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilgan.

Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi jarayonida obyektda SHNQ 3.01.01-03 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” qoidasining 7.2-bandi talabiga zid ravishda qurilish poydevorining tuproq osti zichligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinov xulosalari olinmaganligi, ishlab chiqilgan ishchi loyihada naves qurilishi ishlarida ustunlarga D150 mm.li metall quvurlar, tom yopma ishlarida metall fermalar ko‘rsatilgan bo‘lib, amalda QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” qoidasi va loyiha talabida zid ravishda ustunlar o‘rniga oldin foydalanilgan yig‘ma temir beton ustunlar va kolonnalar montaj qilinganligi aniqlangan.

Aniqlangan kamchilik va nuqsonlar bo‘yicha pudrat tashkilot “Nazira” xususiy korxonasi rahbari nomiga 980-sonli yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lib, belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, tegishli sud organiga yuborilgan.

4. Qamashi tumanining “Oqguzar” MFY hududida “Zamin metan servis” MCHJ tomonidan qurilayotgan 2 qavatli “Supermarket” binosi qurilishi hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan boshlanganligi sababli obyektda inspeksiyaning 8-sonli ishlab chiqarish buyrug‘iga asosan, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilgan.

Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi jarayonida obyektda SHNQ 3.01.01-03 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” qoidasining 1.13-bandi talabiga zid ravishda obyektda majburiy yuritilishi lozim bo‘lgan texnik ijro hujjatlaridan umumiy jurnal, materiallarning kirim nazorati, maxsus ishlar, beton, payvand, texnika xavsizligi jurnallari yuritilmaganligi, SHNQ 3.01.01-03 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” qoidasining 2.4-bandiga asosan bino qurilishida ishlatilgan monolit temir beton konstrkutsiyalarining mustahkamligi loyihaga mosligi bo‘yicha laboratoriya sinov xulosalari olinmagani aniqlangan va bu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Yurtimizning shahar va tumanlarida amaldagi qonunchilik, shaharsozlik norma, qoida va talablarini qo‘pol ravishda buzib, obyekt qurayotgan xususiy sektorlarga nisbatan doimiy o‘rganish ishlari davom etadi hamda aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli tartibda choralar ko‘riladi.

 

 

Qurilish vazirligi

Matbuot xizmati