Qaysi hududda qurilish korxonalari soni ko‘p?

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qaysi hududda qurilish korxonalari soni ko‘p?
Iyun 17, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 iyun holatiga respublikamizda jami 43 295 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 042 taga ko‘p. 2021 yil yanvar-may oyida 3 025 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

✅ Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:

🔸Toshkent shahri – 8 473 ta
🔸Toshkent viloyati – 3 761 ta
🔸Farg‘ona viloyati – 3 428 ta
🔸Qashqadaryo viloyati – 3 413 ta
🔸Andijon viloyati – 3 260 ta
🔸Samarqand viloyati – 3 244 ta
🔸Buxoro viloyati – 2 853 ta
🔸Surxondaryo viloyati – 2 708 ta
🔸Namangan viloyati – 2 436 ta
🔸Qoraqalpog‘iston R. – 2 412 ta
🔸Jizzax viloyati – 2 102 ta
🔸Xorazm viloyati – 2 021 ta
🔸Navoiy viloyati – 1 609 ta
🔸Sirdaryo viloyati – 1 575 ta